Bugun CHM finali: ustunlik PSJda, “Bavariya” hisobni tenglashtira oldimi?

23:24 23 Avgust 2020 Sport
413 0

Bugun futbol boʻyicha Yevropa klublari oʻrtasida Chempionlar ligasi final uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Mazkur bahsda Fransiyaning PSJ va Germaniyaning “Bavariya” klubi oʻzaro bahs olib boradi. Garchi boʻlajak bahsda koʻpchilik muxlis va mutaxassislar gʻoliblik “Bavariya” klubiga nasib etishini taxmin etayotgan boʻlsa-da, oʻzaro uchrashuvlarda PSJning qoʻli koʻproq baland kelgan.

Statistika maʼlumotlarga koʻra, mazkur uchrashuvga qadar PSJ va “Bavariya” oʻzaro toʻqqiz uchrashuvda kuch sinashgan. Ushbu bahslarning sakkiztasi Chempionlar ligasi, bittasi xalqaro turnir doirasida boʻlib oʻtgan.

Xususan, 1994-yilda boʻlib oʻtgan ikki Chempionlar ligasi guruh bosqichida Fransiya va Germaniyada boʻlib oʻtgan oʻyinlarda PSJ gʻalaba erishgan:

PSJ — “Bavariya” 2:0

“Bavariya” — PSJ 0:1.

1997-yilda yana ushbu jamoalar Chempionlar ligasi guruh bosqichida bitta guruhga tushgan va ikki oʻyinda quyidagi natijalar qayd etilgan:

“Bavariya” — PSJ 5:1.

PSJ — “Bavariya” 3:1.

1997-yilda yana ushbu jamoalar Chempionlar ligasi guruh bosqichida bitta guruhga tushgan va ikki oʻyinda quyidagi natijalar qayd etilgan:

“Bavariya” — PSJ 5:1.

PSJ — “Bavariya” 3:1.

2000-yilda ham ushbu jamoalar Chempionlar ligasi guruh bosqichida oʻzaro bellashgan:

“Bavariya” — PSJ 2:0.

PSJ — “Bavariya” 1:0.

Oradan yetti yil oʻtib, jamoalar yana Chempionlar ligasi guruh bosqichi bir guruhga saralandi:

“Bavariya” — PSJ 3:1.

PSJ — “Bavariya” 3:0.

Va nihoyat ushbu jamoalar oʻrtasidagi oxirgi uchrashuv Xalqaro chempionlar kubogi doirasida oʻtkazilgan. Avstriyada boʻlib oʻtgan musobaqaning finalida “Bavariya” — PSJ 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchratgan.

Shu tariqa mazkur jamoalar oʻrtasida oʻtkazilgan 9 ta oʻyinning 5 tasida PSJ gʻalaba erishgan.

Bugungi uchrashuv “Bavariya”ga hisobni tenglashtirish uchun ajoyib imkoniyat.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?