Bugun boks boʻyicha JCHning chorak finallari boshlanadi. Bokschilarimiz janglari jonli efirga uzatiladi

10:39 18 Sentyabr 2019 Sport
250 0

Avvalo maʼlumot uchun aytib oʻtamiz: UZREPORT TV boks boʻyicha Jahon chempionati chorak final janglarini jonli efirda namoyish qiladi.

Bugun Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks boʻyicha jahon chempionatining oʻninchi kuni oʻtkaziladi. Ushbu kun dasturida bokschilar yarim final yoʻllanmasi uchun jang olib borishadi. Maʼlumki, boksda yarim final bosqichiga yetib borgan ishtirokchilar oʻzlari uchun kamida bronza medalini naqd qilib qoʻyishadi.

Oʻzbekiston terma jamoasining 5 nafar vakili bugun chorak final bosqichida ringga chiqadilar. Bugun quyidagi bokschilarimiz jang olib borishadi:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Daniyel Asenov (Bolgariya) ( A ring, boshlanish vaqti – 15:15)

-57 kg: Miraziz Mirzarahimov – Qayrat Yeraliyev (Qozogʻiston) (B ring, boshlanish vaqti – 19:15)

-69 kg: Bobousmon Baturov – Ziyad Iashash (Iordaniya) (B ring, boshlanish vaqti – 19:30)

-81 kg: Dilshod Roʻzmetov – Loren Alfonso Dominges (Ozarbayjon) (B ring, boshlanish vaqti – 20:15)

+91 kg: Bahodir Jalolov – Richard Torres (AQSH) (B ring, boshlanish vaqti – 20:45) 

Shu oʻrinda ushbu bosqichga qaysi davlatdan nechi nafar sportchi yetib kelgani ham koʻpchilikka qiziq maʼlumot. Bu borada Rossiya va Qozogʻiston terma jamoalari yetakchilik qilishmoqda. Ushbu mamlakat vakillarining 7 nafardan ishtirokchisi chorak final bosqichiga yetib keldi.

Rossiya – 7

Qozogʻiston – 7

Angliya – 6

Kuba – 6

Oʻzbekiston – 5

Hindiston – 4

Armaniston – 3

Fransiya – 2

Bolgariya – 2

Filippin – 2

Braziliya – 2

Dominikan Respublikasi – 2

AQSH – 2

Iordaniya – 2

Ozarbayjon – 2

Yaponiya – 1

Italiya – 1

Eron – 1

Turkiya – 1

Avstraliya – 1

Ekvador – 1

Germaniya – 1

Yangi Zelandiya – 1

Irlandiya – 1

Moʻgʻiliston – 1

Yana bir qiziq holat: 8 vazn toifasida kechadigan bugungi chorak final janglarining 5 tasida Rossiya – Kuba terma jamoasi vakillari toʻqnash kelishmoqda. Bu ham boks muxlislari uchun qiziq statistika.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?