Bugun 6 kishi koronavirusdan vafot etdi, 96 nafar bemor oʻta ogʻir ahvolda — SSV

23:46 21 Avgust 2020 Jamiyat
291 0

Shu yilning 21-avgust kuni mamlakatimizda 381 holatda kasallik qayd etilgan boʻlib, barchasi tana harorati koʻtarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Eʼtiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent, Buxoro, Xorazm, Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo hamda Namangan viloyatlarida jami 547 nafar bemor sogʻaydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 38 074 nafar bemordan 33 989 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 89 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 825 nafar bemordan 277 nafari ogʻir, 96 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?