Bugun 12:00 da Qozogʻistonda bir daqiqalik sukut saqlanadi

09:21 13 Iyul 2020 Dunyo
434 0

Bugun Qozogʻistonda koronavirus epidemiyasi qurbonlarini xotirlaydigan Umummilliy motam kuni.

Nur-Sulton vaqti bilan soat 12:00da respublika boʻyicha bir daqiqalik sukut saqlanadi.

Shu munosabat bilan mamlakat boʻylab barcha koʻngilochar tadbirlar va OAVda koʻrsatuvlar namoyishi bekor qilinadi.

Butun mamlakat boʻylab va diplomatik vakolatxonalar binolarida bayroqlar tushirib qoʻyiladi. Davlat tashkilotlari saytlari oq-qora tus olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?