Bu yil qaysi jahon adabiyoti namunalari oʻzbek tiliga tarjima qilinib, nashr etiladi?

20:37 11 Yanvar 2019 Jamiyat
311 0

Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi “Jahon adabiyotining eng sara namunalarini oʻzbek tiliga hamda oʻzbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish va nashr etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 376-sonli qaroriga muvofiq, vazirlik va idoralarning buyurtmalari asosida Agentlik tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilinib, nashr etiladigan asarlar roʻyxatini maʼlum qildi. Quyida ularning nomlari taqdim etilmoqda:

1. Tomas Mann — “Doktor Faustus” (roman).

2. Teodor Drayzer — “Daho” (roman).

3. Hermann Hesse — “Marjon oʻyini” (roman).

4. Yasunari Kavabata — “Togʻlar ingrogʻi” (hikoyalar).

5. Viktor Gyugo — “Oʻlimga mahkum qilinganning soʻnggi kuni” (roman).

6. Oʻrxon Kamol — “72-kamera” (roman).

7. Valentin Rasputin — “Matera bilan vidolashuv” (roman).

8. Stefan Sveyg — “Qalb besabrligi” (esselar).

9. Gyote — “Hamroz dillar” (roman).

10. Xulio Kortasar — “Biz Glendani shunday yaxshi koʻramiz” (hikoyalar).

11. Ivan Bunin — “Xilvat xiyobonlar” (roman).

12. Kong Ji Yong — “Skumbriya” (qissalar).

13. Rafiq Shomiy — “Muhabbat dogʻi” (roman).

14. Efraim Savela — “Nechun zaminda yoʻq jannat” (roman).

15. Krishan Chandar — “Hikoyalar toʻplami”.

16. Yunus Oʻgʻuz — “Aravadan yiqilgan bola” (qissalar).

17. Fridrix Dyurrenmatt — “Janob Missisipining nikohi” (hikoyalar).

18. Fyodor Razzakov — “Fidoyi umr qissasi” (roman).

19. Kristofer Bakli — “Arabistonlik Florens” (roman).

20. Robert Dal — “Bahaybat va mehribon devqomat” (hikoyalar).

21. Mualliflar jamoasi — “Xitoy bolalar adabiyoti” (hikoya va qissalar).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?