Bu yil kimlar “Oskar” oldi?

14:18 25 Fevral 2019 Madaniyat
421 0

Bu yilgi “Oskar” mukofotini topshirish marosimida “Yashil kitob” kartinasi eng yaxshi film va eng oʻziga xos ssenariy yoʻnalishlarida gʻolib deb topildi. Ushb kartinada pianinochi Don Shirli rolini oʻynagan aktyor Maxershal Ali “Ikkinchi plandagi eng yaxshi erkak roli”da tengsiz deb topildi. Bu haqda kinomukofot saytida xabar berildi.

Meksikalik Alfonso Kuaro “Oskar” tarixida ilk bor bir vaqtning oʻzida eng yaxshi rejissyor va eng yaxshi operator deb, uning “Roma” asari esa xorij tilidagi eng yaxshi film deb topildi.

“Qora pantera” fantastik filmi esa eng yaxshi libos dizayni, original saundtrek va sahnalashtiruvchi-rassom nominatsiyalari egasiga aylandi. Ledi Gaga esa Bredli Kuperning “Yulduzlar tugʻildi” filmidagi Shallow qoʻshigʻi uchun “oltin bolakay”ni qoʻlga kiritdi.

“Bogemiya xalq qoʻshiqlari” filmida Freddi Merkyuri qahramonini yaratgan Rami Malek eng yaxshi aktyor, “Favoritka”da rol ijro etgan Oliviya Kolman esa eng yaxshi aktrisa deb topildi.

Maʼlumot uchun, “Oskar” mukofoti Amerika kinematografiya sanʼati va ilm-fani akademiyasi tomonidan 1940 yildan buyon taqdim etib kelinadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?