Bu yil appelyatsiyaga berish qachondan boshlanadi va tartibi qanday?

16:09 14 Sentyabr 2020 Jamiyat
248 0

Appelyatsiya ariza yoki shikoyatlarini bu yil onlayn tarzda qabul qilish rejalashtirilmoqda. Tanlovlar toʻliq yakunlangandan soʻng ariza berish imkoniyatlari yaratiladi.

Oktyabr oyining boshlarida appelyatsiya shikoyatlarini qabul qilish yoʻlga qoʻyiladi. Barcha materiallar DTMda yigʻilganligi va ekspertlar ham test markazida jamlanganligini inobatga olib, appelyatsiya shikoyatlari test markazida koʻrib chiqilishi rejalashtirilmoqda.

Appelyatsiya jarayonlari toʻliq onlayn tarzda uzatiladi, yaʼni ota-onalar bemalol appelyatsiya jarayonlarini onlayn kuzatishlari mumkin boʻladi. Appelyatsiyaga bergan abituriyent test sinovlarida yechgan savollar varaqasi bilan oʻzi bevosita ishtirok etadi.

Taʼkidlash lozimki, abituriyentlar appelyatsiyada qayta sinovdan oʻtkazilmaydi, yaʼni yangi savollar berilmaydi. test sinovida yechgan savollar kitobida belgilangan javoblar bilan appelyatsiya jarayoni koʻrib chiqiladi. 

Bu haqda DTM Bosh boshqarma boshligʻi Barno Rajabov AOKAda oʻtkazilgan brifingda maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?