Вesh foizli kvota asosida talabalikka qabul qilingan harbiy xizmatchilar farzandlarining roʻyxati eʼlon qilindi

11:11 28 Sentyabr 2018 Jamiyat
1647 0

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi saytida besh foizli kvota asosida talabalikka qabul qilingan harbiy xizmatchilar farzandlarining roʻyxati eʼlon qilindi.

Roʻyxatda jami 565 talabalikka qabul qilinganlarning ismi familiyasi keltirilgan. Eʼtiborlisi ular 20,10, 26,30, 28,40, ... ball toʻplab ham talabalikka qabul qilinganlar bor.

Xabarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi PQ-3726-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ajratilgan besh foizli kvota chegarasida harbiy xizmatchilarning farzandlarini qabul qilish tanlov asosida Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari natijasi boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqqan holda taqsimlanishi belgilab qoʻyilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi majlisining 2018 yil 17 avgustdagi 6-son bayoni qaroriga bilan davlat grantining minimal oʻtish bali 68,0 ball etib belgilangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?