Bryus Li yaxshi koʻrgan soʻz 2019-yil iborasiga aylandi

19:02 24 Dekabr 2019 Dunyo
1385 0

Financial Times gazetasi oʻtayotgan yilning eng mashhur soʻzi sifatida Be water(“Suv boʻl”) iborasini tanladi. Bu Gonkongdagi namoyishchilarning shiori edi. Bu haqda rasmiy nashr oʻz saytida maʼlum qildi.

Mazkur atama aslida yakkakurash sanʼati falsafasida tez-tez qoʻllanilgan va 1970-yilda aktyor Bryus Li sharofati bilan mashhur boʻlib ketgandi. Ayni paytda esa namoyishga chiqqanlar tomonidan qoʻllanilmoqda. Bu aksiya ishtirokchilarining oʻz harakatlarini muvofiqlashtirishini anglatadi.

Yaʼni maxsus kuchlar ularga qarshi turish uchun yigʻilgan paytda namoyishchilar tuman kabi tarqalib ketgan.

Nashrga koʻra, shaharning tor koʻchalari boʻylab harakatlanar ekan, ular xuddi suv kabi “oqib ketgan”, agar ularni ushlab olishsa, “muz kabi qattiq” boʻlib kurashishgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?