Britaniyalar olimlar Bermud uchburchagi sirini topishdi

17:14 03 Avgust 2018 Dunyo
1125 0
Foto: qamshy.kz

Bermud uchburchagida kemalarning yo‘qolib qolishining eng haqiqatga yaqin sababi mazkur hududda ulkan “qotil to‘lqinlar” hosil bo‘lishidir. Buyuk Britaniyaning Sautgempton universiteti tadqiqotchilari olimlari ana shunday fikrda, deb yozadi Daily Star nashri.

Tadqiqotlardan olingan xulosalarga ko‘ra, mazkur hududda ma’lum sharoitda o‘z-o‘zidan tez-tez paydo bo‘lib turadigan balandligi 30 metrlik ulkan to‘lqinlar kemalarni yutib yuborgan. Bu boradagi yana bir versiya sifatida esa ikkiga bo‘lingan to‘lqinlar kema burni va dumiga urilgan holda uni parchalab yuborishi bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, Atlantika okeanidagi Bermud uchburchagi deb nomlanuvchi ushbu hudud kemalar va hatto samolyotlarning bu joylarda izsiz yo‘qolib qolishi kabi g‘ayritabiiy hodisalari bilan tanilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?