JCH-2018. Braziliya so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi

19:09 22 Iyun 2018 Sport
726 0

Futbol bo‘yicha jahon chempionatining bugungi uchrashuvlaridan birinchi yakuniga yetdi. Unda Braziliya terma jamoasi Kosta-Rikaga qarshi maydonga tushib, ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 90-daqiqasi mobaynida hisob ochilmagandi. Biroq hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda brazillar uyg‘onishdi. Avvaliga Koutino, keyin Neymar tomonidan kiritilgan gollar jamoaga muhim bo‘lgan uch ochkoni keltirdi.

Ushbu g‘alabadan keyin Braziliya hisobidagi ochkolar soni 4taga yetdi. Kosta-Rika esa 0 ochko bilan muddatidan oldin musobaqani yakunladi.

JCH-2018

E guruhi. 2-tur

Braziliya – Kosta-Rika 2:0 (0:0)

Gollar: Koutino (90+1), Neymar (90+7).
Braziliya: Alisson, Fagner, Tiago Silva, Miranda, Marselo, Paulino (Firmino, 68), Kazemiro, Koutino, Villian (Duglas Kosta, 46), Gabriel Jezus (Fernandino, 90+3), Neymar.
Kosta-Rika: Navas, Akosta, Gonsales, Duarte, Gamboa (Kalvo, 75), Borxes, Gusman (Texeda, 83), Ovyedo, Venegas, Ruis, Urenya (Bolanos, 54).
Ogohlantirishlar: Neymar (81), Koutino (81), Akosta (84).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Bilimsizlik — insoniyat uchun eng qorongʻu tundir”

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti olimlari bilan keng muhokama qilinib, “Xalq soʻzi” gazetasi hamkorligida tayyorlangan “Bilimsizlik — insoniyat uchun eng qorongʻu tundir” deb nomlangan risola “Zamin Nashr” nashriyoti tomonidan 1000 nusxada chop etildi.

19 Yanvar 2019