Bozorlarimizda narx-navo qanday?

17:16 27 May 2019 Jamiyat
358 0

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni oʻrganishni davom ettiradi.

Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 201yil 26-may holatidagi narxlari

Mol goʻshti

28 000 soʻmdan– 42 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda 1 kg. mol goʻshtining narxi 28 000 soʻmdan – 40 000 soʻmgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol goʻshti uchun eng qimmat narx Samarqand shahri “Siyob“ bozorida qayd etilgan – 41 000 – 42 000 soʻm.

Qoʻy goʻshti

32 000 soʻmdan – 45 000 soʻmgacha

Eng arzon narx 1 kg. qoʻy goʻshti uchun Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori, poytaxtimizning “Mirobod”, “Farhod” hamda “Chorsu” bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qoʻy goʻshtini 32 000 dan 42 000 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin. 

Eng qimmat narx bu haftada ham Surxondaryo viloyati Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qoʻy goʻshti - 42 000 dan 45 000 soʻmgacha.

Tovuq goʻshti

12 000 soʻmdan – 20 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Xorazmda Urganch shahar markaziy dehqon bozorida hamda Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 12 000 soʻmdan – 14 000 soʻmgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq goʻshti esa Toshkentdagi Mirobod dehqon bozorida kuzatildi – 18 000 – 20 000 soʻm.

Guruch

4 000 soʻmdan – 15 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Samarqand shahar “Siyob” dehqon bozori va Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 4 000 – 14 000 soʻm.

Eng qimmat narx esa Qarshi shahri “Yerqoʻrgʻon“ dehqon bozorida kuzatilgan – 8 000 – 15 000 soʻm.

Oʻsimlik yogʻi

7200 soʻmdan – 14 000 soʻmgacha

Eng arzon oʻsimlik yogʻi poytaxtimizdagi “Farhod” dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz oʻsimlik yogʻini 7 200 soʻmdan – 11 500 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Namangan shahri “Sardoba“ dehqon bozorida qayd etilgan – 11 000 dan 14 000 soʻmgacha.

Un

1 750 soʻmdan – 4 900 soʻmgacha

Eng arzon narxdagi un Toshkentdagi “Farhod” bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm oliy navli un uchun 2 200 soʻm toʻlashingiz zarur boʻladi.

1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx poytaxtimizdagi “Mirobod”, “Farhod”, “Chorsu” va “Qoʻyliq” dehqon bozorlarida qayd etildi 1 750 – 3 350 soʻm.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 soʻm.

1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Sirdaryoning Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 800 soʻmgacha.

Shakar

4 300 soʻmdan – 6 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Toshkent shahrining “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 4 300 – 5 200 soʻm.

1 kg shakar uchun eng qimmat narx Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 6 000 soʻm.

Tuxum

300 soʻmdan – 650 soʻmgacha


Eng arzon narx poytaxtimizning Yunusobod dehqon bozorida qayd etildi 300 soʻmdan 600 soʻmgacha.

1 dona tovuq tuxumi uchun eng qimmat narx Toshkentning Chorsu dehqon bozorida kuzatildi — 350 – 650 soʻmgacha.

Kartoshka

1 000 soʻmdan – 3 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Andijonning Yangi shahar bozori hamda Fargʻona Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 1 000 soʻmdan – 2 200 soʻmgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozori, Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori, Navoiy shahri “Saxovat“ MCHJ ga qarashli markaziy dehqon bozori, Urganch shahar Markaziy dehqon bozori hamda poytaxtimizdagi “Chorsu” dehqon bozorida kuzatildi – 1 200 – 3 000 soʻmgacha.

Pomidor

2 500 soʻmdan – 11 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Navoiy shahri “Saxovat“ MCHJ ga qarashli markaziy dehqon bozori hamda Surxondaryoning Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 2 500 soʻmdan – 5 000 soʻmgacha.

Eng qimmat narx esa Toshkentning “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 11 000 soʻmgacha.

Xoʻjalik sovuni

8 00 soʻmdan – 3500 soʻmgacha

Eng arzon narx Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda siz xoʻjalik sovunini 800 soʻmdan (3 500 soʻmgacha) xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozori, Jizzax shahri Markaziy dehqon bozori hamda Toshkentdagi “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 800 – 3 500 soʻm.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?