Bozorlarimizda narx-navo qanday?

09:56 23 Aprel 2019 Jamiyat
438 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni oʻrganishni davom ettiradi.

Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 2019 yil 21 aprel holatidagi narxlari

Mol goʻshti

28 000 soʻmdan – 42 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Farxod dehqon bozori (Toshkent) va Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kg. mol goʻshtining narxi 28 000 soʻmdan - 38 000 soʻmgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol goʻshti uchun eng qimmat narx Samarqanddagi markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 41 000 – 42 000 soʻm.

Qoʻy goʻshti

28 000 soʻmdan – 45 000 soʻmgacha

Eng arzon narx 1 kg. qoʻy goʻshti uchun Farxod dehqon bozori va Qoraqalpogʻistonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qoʻy goʻshtini 28 000 dan 38 000 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Surxondaryoda Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qoʻy goʻshti - 38 000 dan 42 000 soʻmgacha.

Tovuq goʻshti

13 000 soʻmdan – 20 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Xorazmdagi markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 13 000 soʻmdan – 16 000 soʻmgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq goʻshti esa Toshkentdagi Mirobod dehqon bozori va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 14 000 – 21 000 soʻm.

Guruch

3 000 soʻmdan – 16 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 3 000 – 14 000 soʻm.

Eng qimmat narx esa Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozorida kuzatilgan – 5 500 – 16 000 soʻm.

Oʻsimlik yogʻi

7 200 soʻmdan – 12 500 soʻmgacha

Eng arzon oʻsimlik yogʻi poytaxtimizdagi Farxod dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz oʻsimlik yogʻini 7 200 soʻmdan – 11 500 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx ham poyxtaxtda “Mirobod” dehqon bozorida qayd etilgan – 12 500 soʻmgacha.

Un

1 750 soʻmdan – 4 900 soʻmgacha

Eng arzon un Toshkentning “Qoʻyliq” dehqon bozorida boʻlib, uning narxi 1 kg. uchun 1 700 – 3 350 soʻm. 1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 1 kg. 1-navli un narxi 1 500 soʻmdan.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un uchun “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 soʻm. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Qoʻyliq dehqon bozori va Xorazmdagi Urganch Mrkaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 000 soʻmgacha.

Shakar

4 300 soʻmdan – 5 500 soʻmgacha

Eng arzon narx Toshkent shahridagi “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 4 300 – 5 200 soʻm.

1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Urganch shahar Markaziy dehqon bozori va Termiz shahri markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 5 500 soʻm.

 

Tuxum

350 soʻmdan – 700 soʻmgacha

Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini oʻrtacha 350 - 700 soʻmdan xarid qilishingiz mumkin.

Kartoshka

1 200 soʻmdan – 3 500 soʻmgacha

Eng arzon narx poytaxtdagi “Chorsu”, “Farxod”, “Yunusobod” va “Qoʻyliq” dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 200 soʻmdan – 2 500 soʻmgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx Qarshi shahridagi ”Yerqoʻrgʻon” dehqon bozorida kuzatildi – 2 000 – 3 500 soʻmgacha.

Pomidor

3 000 soʻmdan – 17 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Qarshi shahridagi ”Yerqoʻrgʻon” dehqon bozorida kuzatildi – 3 000 soʻmdan - 8 000 soʻmgacha.

Eng qimmat narx esa Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etildi – 10 000 – 17 000 soʻmgacha.

Xoʻjalik sovuni

1 000 soʻmdan – 3 500 soʻmgacha

Eng arzon narx Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda siz xoʻjalik sovunini 1 000 soʻmdan (3 500 soʻmgacha) xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Namangan shahri, Xorazmning Urganch shahri, Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorlarida va Toshkentdagi “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 1 500 – 3 500 soʻmgacha.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?