Bozorlarimizda narx-navo oshdimi?

18:20 20 May 2019 Iqtisodiyot
506 0

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni oʻrganishni davom ettiradi.

Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 201yil 19 may holatidagi narxlari

Mol goʻshti

28 000 soʻmdan– 42 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda 1 kg. mol goʻshtining narxi 28 000 soʻmdan - 38 000 soʻmgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol goʻshti uchun eng qimmat narx Jizzax shahri Markaziy dehqon bozori hamda “Chorsu” dehqon bozorida qayd etilgan – 32 000 – 42 000 soʻm.

Qoʻy goʻshti

28 000 soʻmdan – 45 000 soʻmgacha

Eng arzon narx 1 kg. qoʻy goʻshti uchun Qoraqalpogʻistonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qoʻy goʻshtini 28000 dan 33 000 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx bu haftada ham Surxondaryo viloyati Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qoʻy goʻshti - 42 000 dan 45 000 soʻmgacha.

Tovuq goʻshti

13 000 soʻmdan – 20 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Xorazmda Urganch shahar markaziy dehqon bozorida hamda Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida qayd etildi – 13 000 soʻmdan – 15 000 soʻmgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq goʻshti esa Toshkentdagi Mirobod dehqon bozorida kuzatildi – 18 000 – 20 000 soʻm.

Guruch

4 000 soʻmdan – 16000 soʻmgacha

Eng arzon narx Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozorida va Samarqand shahar “Siyob” dehqon bozorida qayd etilgan – 4 000 – 14 000 soʻm.

Eng qimmat narx esa Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozorida kuzatilgan – 6 000 – 16 000 soʻm.

Oʻsimlik yogʻi

7200 soʻmdan – 12 500 soʻmgacha

Eng arzon oʻsimlik yogʻi poytaxtimizdagi Farhod dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz oʻsimlik yogʻini 7 200 soʻmdan – 11 500 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx ham poytaxtda “Mirobod” dehqon bozorida qayd etilgan – 10 000 dan 12500 soʻmgacha.

Un

1 750 soʻmdan – 4 900 soʻmgacha

Eng arzon narxdagi un Toshkentdagi “Farhod” bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm un uchun 2 200 soʻm toʻlashingiz zarur boʻladi.

1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx poytaxtimizdagi “Mirobod”, “Farhod” va “Qoʻyliq” dehqon bozorlarida qayd etildi 1 750 – 3 350 soʻm.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 soʻm. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Xorazmdagi Urganch Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 000 soʻmgacha.

Shakar

4 500 soʻmdan – 5 500 soʻmgacha

Eng arzon narx Toshkent shahrining “Mirobod”, “Farhod” hamda “Qoʻyliq” dehqon bozorida kuzatildi – 4 500 – 5 200 soʻm.

1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Buxoro shahar markaziy dehqon bozori, Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorida, Navoiy shahri “Sahovat“ MCHJ ga qarashli markaziy dehqon bozori, Namangan shahri “Sardoba“ dehqon bozori, Termiz shahar Markaziy dehqon bozori, Xorazmda Urganch Markaziy dehqon bozorida hamda Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 – 5 500 soʻm.

Tuxum

350 soʻmdan – 700 soʻmgacha


Eng arzon narx Qashqadaryoning Qarshi shahri “Yerqoʻrgʻon“ dehqon bozorida qayd etildi 350 soʻmdan 400 soʻmgacha.

1 dona tovuq tuxumi uchun eng qimmat narx poytaxtimizdagi Chorsu dehqon bozorida kuzatildi — 450 – 700 soʻmgacha.

Kartoshka

1 000 soʻmdan – 4 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Fargʻona markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 1 000 soʻmdan – 2 200 soʻmgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx poytaxtdagi “Chorsu” dehqon bozorida kuzatildi – 2 000 – 4 000 soʻmgacha.

Pomidor

3 000 soʻmdan – 15 000 soʻmgacha

Eng arzon narx poytaxtimizdagi Qoʻyliq dehqon bozorida kuzatildi – 3 000 soʻmdan – 7 000 soʻmgacha.

Eng qimmat narx esa Andijonning Yangi shahar bozori hamda Namangan shahri “Sardoba“ dehqon bozorida qayd etildi – 9 000 – 15 000 soʻmgacha.

Xoʻjalik sovuni

8 00 soʻmdan – 3500 soʻmgacha

Eng arzon narx Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda siz xoʻjalik sovunini 800 soʻmdan (3 500 soʻmgacha) xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Jizzax shahri Markaziy dehqon bozori, Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozori, Xorazmning Urganch shahar Markaziy dehqon bozori va Toshkentdagi “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 800 – 3 500 soʻm.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?