Bozorlardagi narx-navo: Qaysi mahsulotlar narxi oshdi?

11:51 07 May 2020 Jamiyat
566 0

Arxiv surat

Davlat statistika qoʻmitasi mamlakatimiz hududidagi markaziy dehqon bozorlarida 2020-yil 5-may kuni kuzatuv oʻtkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Mol goʻshti (suyaksiz goʻshtidan tashqari) 37 000 soʻmdan 60 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga koʻra, 1 kg. mol goʻshtining (suyaksiz goʻshtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da qayd etilgan (37 000 soʻm). Mol goʻshtining maksimal narxi esa, Chirchiq shahrining “Chirchiq dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (60 000 soʻm).

Qoʻy goʻshti 39 000 soʻmdan 75 000 soʻmgacha (kg)

Qoʻy goʻshtining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (39 000 soʻm) roʻyxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (75 000 soʻm) kuzatildi.

Kartoshka 2 000 soʻmdan 8 000 soʻmgacha (kg)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga koʻra, kartoshkaning minimal narxi Andijon shahrining “Yangibozor dehqon bozori”da qayd etilgan (2 000 soʻm). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”da (8 000 soʻm) qayd etildi.

Piyoz 500 soʻmdan 4 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga koʻra, piyoz mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da (500 soʻm) roʻyxatga olindi. Maksimal narxi esa, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori” va “Eski shahar dehqon bozori”, Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori” Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (4 000 soʻm).

Sabzi 1 000 soʻmdan 8 000 soʻmgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Navoiy shahrining “Saxovat” bozori, Termiz shahrining “Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori” va “Markaziy dehqon oziq- ovqat bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Fargʻona shahrining “Markaziy dehqon bozori”da (1 000 soʻm) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (8 000 soʻm) kuzatildi.

Tuxum 6 000 soʻmdan 13 000 soʻmgacha (10 dona)

Tuxum mahsulotining kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, “Temiryoʻl dehqon bozori” va “Damariq dehqon bozori”da qayd etildi (6 000 soʻm). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da qayd etilgan (13 000 soʻm).

Guruch 4 000 soʻmdan 18 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga koʻra, guruch mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” va Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da roʻyxatga olingan (“Nukus” navli guruch 4 000 soʻm). Maksimal narx esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da kuzatildi (“Lazer” navli guruch 18 000 soʻm).

Oʻsimlik yogʻi 9 000 soʻmdan 14 000 soʻmgacha (litr)

Oʻsimlik yogʻi mahsulotlarining kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Andijon shahrining “Yangibozor dehqon bozori”, “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, “Temiryoʻl dehqon bozori”, “Damariq dehqon bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”da (mahalliy paxta yogʻi (9 000 soʻm) kuzatildi. Maksimal narxi esa, Yangiyoʻl shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyoʻl shahar dehqon bozori” va Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (kungaboqar yogʻi 14 000 soʻm) kuzatildi.

Shakar 5 500 soʻmdan 6 500 soʻmgacha (kg)

Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski joʻva dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”da (5 500 soʻm) qayd etildi. Maksimal narxi esa, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da, Buxoro shahrining “Buxoro markaziy dehqon bozori”da, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori” va “Eski shahar dehqon bozori”da, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, “Temiryoʻl dehqon bozori” va “Damariq dehqon bozori”da, Termiz shahrining “Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori” hamda “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da, shuningdek, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da (6 500 soʻm) kuzatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?