Bozorlardagi narx-navo maʼlum qilindi

11:29 27 Avgust 2020 Jamiyat
266 0

Davlat statistika qoʻmitasi bozorlardagi narx-navo toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Qoʻmita mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2020-yil 25-avgust kuni kuzatuv oʻtkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Mol goʻshti (suyaksiz goʻshtidan tashqari) 40 000 soʻmdan 65 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga koʻra, 1 kg mol goʻshtining (suyaksiz goʻshtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”dagi arzonlashtirilgan goʻsht rastalarida qayd etilgan (40 000 soʻm). Mol goʻshtining maksimal narxi esa, Chirchiq shahrining “Chirchiq shahar dehqon bozori” va Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (65 000 soʻm).

Qoʻy goʻshti 45 000 soʻmdan 85 000 soʻmgacha (kg)

Qoʻy goʻshtining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”da (45 000 soʻm) roʻyxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” da (85 000 soʻm) kuzatildi.

Kartoshka 2 500 soʻmdan 6 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga koʻra, Jizzax shahrining “Eski shahar dehqon bozori”, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Chirchiq shahrining “Chirchiq shahar dehqon bozori”, Yangiyoʻl shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyoʻl shahar dehqon bozori”, Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”da sotuvda boʻlgan yirik boʻlmagan kartoshkaning narxi minimal narx sifatida (2 500 soʻm) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da sotilgan saralangan kartoshkaning narxi maksimal narx sifatida (6 000 soʻm) qayd etildi.

Piyoz 900 soʻmdan 3 500 soʻmgacha (kg)

Piyoz mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da (900 soʻm) roʻyxatga olindi. Maksimal narx sifatida esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da sotuvda boʻlgan saralangan piyozning narxi kuzatildi (3 500 soʻm).

Sabzi 1 500 soʻmdan 6 000 soʻmgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Jizzax shahrining “Eski shahar dehqon bozori”, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Chirchiq shahrining “Chirchiq shahar dehqon bozori” va Fargʻona shahrining “Markaziy dehqon bozori”da (1 500 soʻm) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da sotuvda boʻlgan tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida (6 000 soʻm) qayd etildi.

Tuxum 5 000 soʻmdan 12 000 soʻmgacha (10 dona)

Kuzatuv natijasiga koʻra, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, da sotuvda boʻlgan mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etildi (5 000 soʻm). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori” va “Farhod dehqon bozori” da qayd etilgan (12 000 soʻm).

Guruch 5 500 soʻmdan 18 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga koʻra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Qoʻyliq dehqon bozori”da (5 500 soʻmdan) qayd etilgan. Maksimal narx esa, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (“Lazer” navli guruch 18 000 soʻm).

Oʻsimlik yogʻi 8 800 soʻmdan 15 000 soʻmgacha (litr)

Oʻsimlik yogʻi mahsulotlarining kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (mahalliy paxta yogʻi 8 800 soʻm) kuzatildi. Maksimal narxi esa, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, “Temiryoʻl dehqon bozori” va “Damariq dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (kungaboqar yogʻi 15 000 soʻm) kuzatildi.

Shakar 5 800 soʻmdan 7 000 soʻmgacha (kg)

Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski joʻva dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”da (5 800 soʻm) qayd etildi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (7 000 soʻm) kuzatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?