Bozorlardagi narx-navo maʼlum qilindi: Goʻsht narxi 37 000 soʻmdan 75 000 soʻmgacha

14:15 30 Aprel 2020 Jamiyat
1292 0

Davlat statistika qoʻmitasi mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2020-yil 28-aprel kuni kuzatuv oʻtkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Mol goʻshti (suyaksiz goʻshtidan tashqari) 37 000 soʻmdan 60 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga koʻra, 1 kg mol goʻshtining (suyaksiz goʻshtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori” da qayd etilgan (37 000 soʻm). Mol goʻshtining maksimal narxi esa, Chirchiq shahrining “Chirchiq dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (60 000 soʻm).

Qoʻy goʻshti 39 000 soʻmdan 75 000 soʻmgacha (kg)

Qoʻy goʻshtining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Toshkent shahrining “Qoʻyliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (39 000 soʻm) roʻyxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (75 000 soʻm) kuzatildi.

Kartoshka 2 500 soʻmdan 8 000 soʻmgacha (kg)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga koʻra, kartoshkaning minimal narxi Fargʻona shahrining “Markaziy dehqon bozori”da qayd etilgan (2 500 soʻm). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (8 000 soʻm) qayd etildi.

Piyoz 1 200 soʻmdan 4 500 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga koʻra, piyoz mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining “Termiz shahar markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da (1 200 soʻm) roʻyxatga olindi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori” da kuzatildi (4 500 soʻm).

Sabzi 1 000 soʻmdan 8 000 soʻmgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Navoiy shahrining “Saxovat” bozori, Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” va “Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Fargʻona shahrining “Markaziy dehqon bozori”da (1 000 soʻm) qayd etilgan. Maksimal narxi esa Samarqand shahrining “Temiryoʻl dehqon bozori”da (8 000 soʻm) kuzatildi.

Tuxum 6 000 soʻmdan 13 000 soʻmgacha (10 dona)

Tuxum mahsulotining kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, “Temiryoʻl dehqon bozori” va “Damariq dehqon bozori”da qayd etildi (6 000 soʻm).Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da qayd etilgan (13 000 soʻm).

Guruch 4 000 soʻmdan 18 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga koʻra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” va Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da roʻyxatga olingan (“Nukus” navli guruch 4 000 soʻm). Maksimal narx esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (“Lazer” navli guruch 18 000 soʻm).

Oʻsimlik yogʻi 9 000 soʻmdan 14 000 soʻmgacha (litr)

Oʻsimlik yogʻi mahsulotlarining kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori”, “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, “Temiryoʻl dehqon bozori”, “Damariq dehqon bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”da (mahalliy paxta yogʻi (9 000 soʻm) kuzatildi. Maksimal narxi esa Yangiyoʻl shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyoʻl shahar dehqon bozori” va Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (kungaboqar yogʻi 14 000 soʻm) kuzatildi.

Shakar 5 500 soʻmdan 6 700 soʻmgacha (kg)

Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski joʻva dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”da (5 500 soʻm) qayd etildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da (6 700 soʻm) kuzatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?