Bojxonada yashirin olib kiritilayotgan 5 mlrd soʻmlik televizorlar ushlandi

14:57 09 Yanvar 2019 Jamiyat
483 0

Foto: DBQ

Davlat bojxona qoʻmitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan katta miqdorda televizorlarni yashirin tarzda olib kirilayotgani fosh etildi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.

Buxoro viloyatida faoliyat yurituvchi masʼuliyati cheklangan jamiyatlardan biri nomiga joʻnatilgan yuk konteynerlarida, hujjatlarga koʻra, 389 oʻrinda qiymati 5422 AQSH dollariga teng boʻlgan “Sintetik ip” tovarlari boʻlishi kerak edi.

Biroq konteynerlar bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda unda hujjatlarda koʻrsatilmagan qiymati 5 milliard soʻmlik jami 1206 dona LG rusumli televizorlar mavjudligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?