Bojxonachilar yuk vagonidagi 238 ming dona psixotrop tabletkalarni fosh qilishdi

18:20 16 May 2020 Jamiyat
306 0

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” temir yoʻl chegara bojxona posti orqali yurtimiz hududidan tranzit tarzida oʻtishga moʻljallangan yuk poyezdi vagonlarini koʻzdan kechirish davomida ushbu tartiblar buzilgani fosh etildi. Bu haqda DBQ axborot xizmati xabar berdi.

Viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi, Oʻz xavfsizlik guruxi hamda “Sariosiyo” temir yoʻl chegara bojxona posti xodimlari “Quduqli” temir yoʻl bekatiga kirib kelgan Oʻzbekiston hududidan olib oʻtilayotgan temir yoʻl yuk vagonini bojxona nazoratidan oʻtkazishdi.

Natijada yuk vagonlarining birida jami 11 900 qutida 238 000 dona “Sonlayf-Zopiklon 7,5 mg” nomli psixotrop tabletkalar borligi aniqlandi.

Ushbu psixotrop tabletkalarni respublikamiz hududidan tranzit olib oʻtishga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli qarori talablari asosida maxsus ruxsatnoma boʻlgan holdagina ruxsat etiladi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?