Bojxonachilar xufyona tekshiruvlar qanday o‘tdi

15:47 09 Aprel 2018 Iqtisodiyot
914 0

Bojxona xodimlarining xizmat davomida zimmasiga yuklangan vazifalarni qay darajada ado etayotganligi, hushyorligi va ogohligini sinovdan o‘tkazish maqsadida 16 marotaba xufyona tekshiruvlar o‘tkazilgan. 

O‘z navbatida Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan pora berish va pora olishning huquqiy oqibatlari haqida ko‘rgazmalari, plakatlar va stol ustiga qo‘yishga mo‘ljallangan bukletlar ishlab chiqilgan bo‘lib, barcha bojxona boshqarmalari, komplekslari va postlariga tarqatilgan. O‘z navbatida profilaktik ma’ruzalar, uchrashuvlar, individual tartibda profilaktik tarbiyaviy ishlar va suhbatlar o‘tkazilgan. Ularda bojxonachilar ota-onalari va oila a’zolarini ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Shu kabi ma’lumotlar yaqinda Toshkent shahar bojxona boshqarmasida Davlat bojxona qo‘mitasi hamda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi bilan hamkorlikda shaxsiy tarkib va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari ishtirokida “Korrupsiya — ma’naviyat va taraqqiyot dushmani” mavzusida tashkil etilgan navbatdagi davra suhbatida alohida ta’kidlandi.

Muloqot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘tgan yil 2 fevral kuni qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga qaratildi. Zero, mazkur hujjatning hayotga tatbiq etilishi korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari bo‘ylab qamrab olish imkonini bermoqda.

Tadbirda mavzuga doir ma’ruzalar tinglandi hamda bojxona organlarida korrupsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?