Bojxonachilar avtomashina oʻrindigʻi ostiga yashirilgan toʻppnochani olib kirishga uringan shaxsni toʻxtatib qolishdi

17:47 13 Avgust 2019 Jamiyat
545 0

Bu haqda DBQ Axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 29-iyuldagi “Qurol toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq , fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki olib chiqish, tranzit qilish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining ruxsatnomalariga koʻra amalga oshiriladi.

2020-yilning 30-yanvaridan eʼtiboran kuchga kiradigan mazkur qonunga koʻra, bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan hollarda bojxona organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida olib qoʻyilgan qurol va uning oʻq-dorilari keyinchalik huquqbuzarlik sodir etilgan joydagi Milliy gvardiya organlariga topshiriladi.

Amaldagi qonunchilikda esa kontrabanda, yaʼni bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalanib, deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib qurol-yarogʻ, oʻqotar qurol yoki oʻq-dorilarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtkazish uchun javobgarlik belgilangan.

Respublikamiz bojxonachilari tomonidan qurol va oʻq-dorilarning bojxona nazoratidan yashirincha olib kirishga boʻlgan urinishlar oʻz vaqtida fosh qilinmoqda.

Soʻnggi vaqtlarda amaldagi qonun va qonunosti hujjatlari talablariga zid ravishda chet davlatlardan yurtimizga turli pnevmatik qurollarni bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib kirishga urinishlar tez-tez uchrab turmoqda.

Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasining “Daut-ata” chegara bojxona postida oʻzining qoʻshni davlatdan kirib kelgan fuqaro X.A. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashina belgilangan tartibda koʻzdan kechirliganida, avtomobilining orqa oʻrindigʻi tagiga 1 dona gazli pnevmatik toʻpponcha xufiyona tarzda yashirib qoʻyilganligi fosh boʻldi.

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan olib orilgan profilaktik chora-tadbirlar davomida Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolardan biri A.F. esa uyida saqlangan ov qurolini oʻz xohishi bilan bojxona organlariga taqdim qildi.

Toshkent xalqaro aeroportida aniqlangan bojxona qonunbuzilishi holatida esa xorijdan uchib kelgan yoʻlovchilardan biri V.S. 1 dona patronni “yashil” yoʻlak orqali olib kirishga uringan vaqtida toʻxtatib qolindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?