Bojxonachilar 1 mlrd. 100 mln. soʻmlik smartfonlarning noqonuniy olib kirilishini fosh qilishdi

16:35 09 Avgust 2019 Jamiyat
200 0

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati bilan xamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida qiymati 1 mlrd. 100 mln. soʻmlik smartfonlarning noqonuniy olib kirilishi fosh qilindi. Bu haqda DBQ matbuot xizmati xabar berdi.

Namangan shahrida fuqaro A.A.ning xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, hovlidagi “Kobalt” va “Neksiya 3” rusumli avtomashinalar saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va xech qanday xujjatlari boʻlmagan qoʻl telefonlari borligi aniqlandi.

"RED MI” va “HUAWEI” brendi ostidagi mazkur smartfonlar jami 867 dona boʻlib, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra ularning umumiy qiymati 1 mlrd. 100 mln. 102 ming soʻmni tashkil qilar ekan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?