Bojxona xodimiga pora berish maqsadida uni ziyofatga taklif qilgan shaxs qoʻlga olindi

14:35 11 Oktyabr 2018 Jamiyat
948 0

Joriy yilning 3 oktyabr kuni fuqaro A.N. 6 tonna rangli metallarni noqonuniy aylanmasi bilan shugʻullanganligi sababli uning noqonuniy harakatlari bojxonachilar tomonidan fosh etiladi.

Bunday vaziyatda A.N.ni ogʻir vaziyat qutqarib qolish, unga nisbatan toʻplangan hujjatlarni moddiy manfaat evaziga ijobiy hal qilib berish maqsadida T.I. ismli shaxs bojxona xodimiga pora taklif qilgan, deb yozmoqda Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati.

U oʻzining qingʻir rejasini amalga oshirish maqsadida bojxonachini Namangan shahridagi “Zohidabonu” oshxonasiga taklif etadi.

T.I. ziyofat bahonasida bojxona xodimiga 500 AQSH dollari miqdorida pora berayotgan chogʻda bojxona organlarining masʼul xodimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Namangan viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyat ustida qoʻlga olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?