Bojxona instituti qayta tashkil etildi

09:50 05 Noyabr 2018 Jamiyat
530 0

Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qaror bilan Oliy harbiy bojxona instituti Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti etib qayta tashkil etildi.

Institut bojxona organlari uchun taʼlim muddati toʻrt yil boʻlgan bakalavrlarni va taʼlim muddati bir yil boʻlgan magistrlarni tayyorlaydi.

Institutda bojxona ishi va yurisprudensiya (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy taʼminlash) taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar oʻqitilishi belgilandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?