Bojxona chegarasi orqali ipak chiqindilari va xom ipakning olib chiqilishi monitoring qilinadi

10:10 12 Noyabr 2020 Hujjatlar
132 0

“Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Qoʻmita Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va unga Bosh vazir taqdimnomasiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan rais rahbarlik qiladi.

Qoʻmita markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari xodimlariga uzoq yillik xizmati uchun tegishlicha 60 foizgacha miqdorda har oyda ustama toʻlanadi.

Shuningdek, qaror bilan bojxona chegarasi orqali ipak chiqindilari va xom ipakning olib chiqilishini monitoring qilish tartibi belgilandi.

Unga koʻra, eksport qiluvchi tashkilotlar tomonidan taqdim qilingan eksport kontraktlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan 2 ish kunida Prezident va Hukumat qarorlarida belgilangan hajmlarga muvofiqligi boʻyicha monitoringdan oʻtkaziladi.

Mazkur tartib 2021-yil 1-fevraldan boshlab amalga kiritiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?