Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlaridan biri boshqa ishga o‘tkazildi

18:12 05 Iyun 2018 Jamiyat
656 0
Foto: Davlat soliq qo'mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan Tursunov Normat To‘lkunovich Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati “Xalq so‘zi”ga ma’lum qildi.

N.Tursunov davlat soliq xizmati tizimida faoliyatini 1994 yilda Toshkent shahar Akmal Ikromov (hozirgi Uchtepa) tumani davlat soliq inspeksiyasi inspektori vazifasidan boshlab, keyinchalik turli rahbar lavozimlarida, xususan 2010-2017 yillarda Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari, Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

U 2017 yil oktyabr oyidan buyon Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Alimjan Fayzibayev Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?