Botir Parpiyev yana bir lavozimdan ozod etildi

09:42 23 May 2018 Sport
671 0
Foto: Davlat soliq qo'mitasi

19 may kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining navbatdan tashqari saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat soliq qo‘mitasi sobiq rahbari Botir Parpiyev assotsiatsiya rahbarligidan ham ozod etilgan.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, yig‘ilishda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti maslahatchisi Komiljon Xudoyberdiyev taekvondo (WTF) assotsiatsiyasi rahbarligi uchun shu kungacha O‘zbekiston taekvondo (ITF) milliy assotsiatsiyasi prezidenti lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan Laziz Saydivaliyevich Hasanov nomzodini ko‘rsatdi. Bahs-munozaralardan so‘ng L.Hasanov nomzodi qo‘llab-quvvatlangan va u O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga saylangan.

Yangi rahbar oldiga ma’lum talab va vazifalar qo‘yilgan. Jumladan, Laziz Hasanov qisqa vaqt ichida terma jamoalarga iqtidorli sportchilar yetkazib berish tizimini qayta ko‘rib chiqishi, murabbiylar malakasini oshirishga e’tiborni kuchaytirishi, Osiyo va Olimpiya o‘yinlari kabi nufuzli musobaqalarda o‘zbekistonlik taekvondochilarning muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun zarur choralar ko‘rishi kerak bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, Botir Parpiyev assotsiaushlatsiyaga 2008 yildan beri rahbarlik qilib kelayotgandi.

Avvalroq, Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Botir Parpiyev lavozimidan ozod qilinib boshqa ishga o'tkazilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?