Botir Parpiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisligidan olindi

13:30 11 May 2018 Siyosat
1883 0
Foto: soliq.uz

​Botir Parpiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisligidan olinib, yangi vazifaga tayinlangan. Bu haqda «Xabar» nashri o‘z manbasiga tayanib ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Botir Parpiyev Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Bugun, 11 may kuni u yangi jamoasiga tanishtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Botir Parpiyev 2004 yildan buyon Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?