“Botanika bogʻi” shanba va yakshanba kunlari ham yurtimiz aholisiga xizmat koʻrsatadi

12:26 10 May 2019 Jamiyat
231 0

Kecha, 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi “Botanika bogʻi”da tantanali bayram marosimi oʻtkazildi. Kun davomida bogʻ hududidan oʻrin olgan urush davriga oid harbiy texnikalar, qurol-aslaha hamda oʻsha davrni oʻzida ifodalagan koʻrgazmalar namoyish etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Respublika aholisiga qulaylik yaratish maqsadida bogʻ hududiga shanba va yakshanba kunlari (11—12 may) soat 10:00 dan bepul kirib-chiqish taʼminlanadi. Shu kunlarda bogʻ hududidan oʻrin olgan barcha ekspozitsiyalar toʻliqligicha faoliyat koʻrsatadi.

Hozirda bogʻda hamyurtlarimiz uchun Ikkinchi jahon urushi davriga oid “T-34”, “IS-2” tanklari, oʻziyurar artilleriya qurilmalari, Shoahmad Shomahmudovning oilasiga bagʻishlangan ekspozitsiya, urush yillarida faoliyat olib borgan qishloq kengashi binosi, zirhli va harbiy avtomobil namunalari va boshqa shu turdagi koʻplab installyatsiyalar oʻrin olgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?