Bo‘stonliqda Vatan himoyachilari xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira hiyoboni” ochildi

13:04 09 May 2018 Jamiyat
806 0
Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlardan birida mustaqilligimiz yillarida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan 22 nafar Vatan himoyachilari xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira hiyoboni” ochildi.

Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, uningochilish marosimida Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Bahodir Qurbonov, harbiy xizmatchilar, keng jamoatchilik vakillari, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari, yaqinlari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

So‘zga chiqqanlar yurtimiz tinchligi va kelajagi uchun jon fido qilganlarning yodi hamisha qalbimizda ekanini, ularning jasorati esa o‘sib kelayotgan yosh avlodda vatanparvarlik tuyg‘ularining kamol topishida muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.
Tadbir so‘ngida yig‘ilganlar yodgorlik monumenti poyiga gullar qo‘yishdi. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?