Bosh vazirlikka Abdulla Aripov nomzodi taklif etildi

10:42 18 Yanvar 2020 Siyosat
337 0

Poytaxtimizda OʻzLiDeP Siyosiy Kengashining majlisi boʻlib oʻtdi. Uni partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi A.Xaitov olib bordi.

Saylovlarda OʻzLiDeP muvaffaqiyatli ishtirok etdi va natijada Qonunchilik palatasida 53 nafar deputatlik oʻrnini egallab, mamlakat tarixida toʻrtinchi bor parlamentdagi eng yirik fraksiyani tashkil etdi.

Yigʻilishda Konstitutsiyamizning 98 moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini koʻrsatish masalasi Siyosiy Kengash azolari tomonidan atroflicha muhokama qilindi.

Bosh vazir nomzodiga Abdulla Aripov nomzodi taklif etildi va ishtirokchilar tomonidan qoʻllab quvvatlandi.

Malumki, Konstitutsiyamizga binoan Bosh vazir nomzodi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.

Z.Ashurova


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?