Bosh vazir Xalqaro maqom anjumaniga tayyorgarlik ishlarini koʻzdan kechirdi

10:29 05 Sentyabr 2018 Jamiyat
157 0

2018 yil 3 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Shahrisabz shahrida 6-10 sentyabr kunlari oʻtkaziladigan Xalqaro Maqom sanʼati Anjumaniga tayyorgarlik ishlarini koʻzdan kechirdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Xalqaro miqyosdagi tadbirga tayyorgarlik ishlari keng koʻlamda olib borilayotganligi bilan birga, mutasaddi rahbarlarga qoʻshimcha vazifa va topshiriqlar berildi.

Bosh vazir tomonidan respublikaning har bir hududlaridan tashrif buyurgan tashkilotchilar oʻzining tarixi va madaniyatini namoyishida milliylik iforini tarannum etuvchi ekspozitsiyalarini koʻpaytirish vazifalari topshirildi. Shu bilan birga, hududga mos taomlar turlarini tayyorlash va mehmonlarning tanovul qilinishi koʻzda tutildi.

Tanishuv davomida anjumanning chet ellik ishtirokchilari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarga alohida toʻxtalib oʻtildi. Tadbir doirasida ularning Qashqadaryo viloyatining oʻziga xos urf-odatlari, udumlari bilan yaqindan tanishish maqsadida, ushbu viloyatda joylashgan tarixiy obidalar, qadamjolar va ziyoratgohlarga ham tashriflari rejalashtirilgan.

Xususan, Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan Yakkabogʻ tumanidagi Xoʻjai Ilgʻor qishlogʻi, Kitob tumanidagi Hazrati Bashir ziyoratgohi, Chiroqchi tumanining Chiyali qishlogʻi va boshqa bir qator madaniy meros obyektlari shular jumlasidandir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?