Bosh vazir Andijon shahar hokimini keskin tanqid qildi

19:32 17 Aprel 2018 Siyosat
509 0

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi

“Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan majburiy mehnatni tugatish borasida qator ishlar qilinayotganiga qaramasdan ayrim rahbarlar buni tushunib yetgani yo‘q. Bu xalqaro me’yorlarning qo‘pol buzilishidir. Hatto, Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari Rahmonov va Andijon shahar hokimi Rahmatullayev barcha yig‘ilishlarda o‘z manfaatlari yo‘lida sog‘liqni saqlash, ta’lim sohasi vakillarini ko‘chalarni obodonlashtirish maqsadida o‘z hisoblaridan qimmat gul ko‘chatlarini sotib olishga majburlash holatlari uchrab turibdi. Topshiriq bajarilmasa, ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilgan. Endi ayting, bugun yurtimizda kechayotgan keng ko‘lamli islohotlarga ustoz va murabbiylar o‘zining munosib hissasini qo‘sha oladimi?”


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?