“Bosh rollarda Adiz Rajabov hamda Madina Talipbek”. “Sarviqomat dilbarim” filmining tasvirga olish ishlari Qirg‘izistonda davom etadi (foto)

“Sarviqomat dilbarim” filmining tasvirga olish ishlari Qirg‘izistonda davom etadi. Bu haqda “O‘zbekkino” MA matbuot xizmati "Daryo" internet nashriga ma'lum qildi.

Mazkur film O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlar ijodiy tajriba studiyasi” DUK tomonidan suratga olinmoqda.

Film Chingiz Aytmatovning mashhur “Sarviqomat dilbarim” qissasi asosida qirg‘izistonlik kinoijodkorlar bilan hamkorlikda rejissor Sarvar Karimov tomonidan suratga olinmoqda.
Ushbu film sujetida qissadagi voqealar, personajlarning o‘zaro munosabatlari, muhabbat mojarolari asosan saqlab qolingan. Lekin davr jihatidan voqealar bugungi kunga, aksariyat voqealar esa O‘zbekiston hududiga ko‘chirildi. Bo‘lajak film qahramonlarining ham ikki millat vakillaridan iborat ekanligi, bu ikki qardosh xalqning urf-odatlari, qadriyatlari mushtarakligini, hissiyotlar, tuyg‘ular chegara bilmasligini anglatadi.

Filmdagi bosh qahramon — Asal roliga Qirg‘iziston akademik teatri aktrisasi Madina Talipbek taklif etilgan, Ilyos rolini esa aktyor Adiz Rajabov ijro etmoqda. Boytemir rolini aktyor Ulug‘bek Qodirov ijro etayotgan bo‘lsa, Xadicha rolini qirg‘iz aktrisasi Elina Abay qizi ijro etmoqda.
Shuningdek, filmda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matyoqub Matchonov hamda aktyor Bobur Yo‘ldoshevlar ham rol ijro etishmoqda.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston kinoijodkorlari hamkorligida yaratilayotgan ushbu filmning tasvirga olish ishlari Qirg‘iziston Respublikasida davom ettiriladi. O‘n nafardan iborat ijodiy guruh 6-avgust kuni Qirg‘izistonga jo‘nab ketishi rejalashtirilgan.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: