Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Tizimdagi yana bir qator rahbarlar almashdi

16:22 03 Avgust 2018 Jamiyat
1067 0
Foto: "Xalq so'zi"

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 avgustdagi Farmoniga asosan Mavlonov Akmalxo‘ja Yusupovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

A.Mavlonov 1975 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002 yilda Davlatobod tuman prokuraturasida boshlab, Namangan viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2006 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Marg‘ilon shahar prokurori, Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018 yilning fevral oyidan shu vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 avgustdagi Farmoniga asosan Raximov Dilshod Faxriyevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

D.Raximov 1978 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentda boshlab, Departament organlarida turli lavozimlarda, 2012 yildan Bosh prokuratura bo‘lim prokurori, katta prokurori, boshqarma katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avval O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018 yil 2 avgustdagi buyrug‘iga asosan Muxamedov Umidjon Salimovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U.Muxamedov 1976 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1998 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1998 yilda Toshkent harbiy prokuraturasida boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2010 yildan Bosh prokuratura bo‘lim katta prokurori, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, Ohangaron tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avval O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018 yil 2 avgustdagi buyrug‘iga asosan Achilov Jamol Alisherovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

J.Achilov 1982 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Ish faoliyatini 2008 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi iqtisodiy qonunchilik boshqarmasida boshlab, Adliya vazirligida turli lavozimlarda, 2015 yildan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Avval O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bojxona va soliq sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?