Bosh prokuror oʻrinbosarlaridan biri Hisob palatasi raisi oʻrinbosari boʻldi

21:24 17 Sentyabr 2020 Jamiyat
232 0

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2020-yil 15-sentyabrdagi PF-6063-sonli farmoni bilan Saidlaziz Saidasilovich Saidkarimov Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Saidlaziz Saidkarimov 1982-yil Toshkent viloyatida tugʻilgan. 2002-yil Oʻzbekiston Milliy universitetini huquqshunoslik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

2018-yil fevraldan buyon Oʻzbekiston Respublikasi bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?