Bosh prokuror isteʼfoga chiqdi

18:17 08 Noyabr 2018 Dunyo
964 0

AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakat bosh prokurori Jeff Seshns isteʼfoga chiqqanini eʼlon qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Biz bosh prokuror Jeff Seshnsning Adliya vazirligidagi maʼmuriyati rahbari Metyu Uitaker AQSH bosh prokurori vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganini eʼlon qilishdan mamnunmiz”, - deb yozadi Tramp Twitter sahifasida. Oq uy rahbari Seshnsga ham qilgan xizmatlari uchun minnatdorlik bildirgan. “Doimiy lavozim egasi keyinroq eʼlon qilinadi”, - deya qoʻshimcha qiladi u.

Eslatib oʻtamiz, AQSH prezidenti Seshnsni koʻp bor, jumladan, ommaviy ravishda ham tanqid qilib kelayotgandi. Jumladan, Tramp Adliya vazirligi xodimlari unga qarshi til biriktirayotganini bir necha bor taʼkidlagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?