Bosh prokuraturaning eng asosiy departamentiga yangi rahbar tayinlandi

18:05 16 Yanvar 2019 Jamiyat
600 0

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 yanvardagi Farmoniga asosan Rahimov Dilshod Faxriyevich Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

D.Rahimov 1978 yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Yuridik fanlar nomzodi.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2010 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentda boshlab, Departament organlarida turli lavozimlarda, 2012 yildan Bosh prokuratura boʻlim prokurori, katta prokurori, boshqarma katta prokurori, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi, Departament boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avval Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?