Bosh prokuraturada “Xalq so‘zi” gazetasi bilan memorandum imzolandi

19:12 07 Iyun 2018 Jamiyat
1212 0
Foto: Hasan Paydoev/ "Xalq so`zi"

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mamlakatimizning yetakchi rasmiy matbuot organi sanalmish “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari Bosh muharriri O‘tkir Rahmatov va Multimedia markazi direktori Bobur Alixonov tomonidan har ikki jamoa vakillari ishtirokida imzo chekilgan ushbu hujjatga asosan tomonlar yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va natijalarini keng ommaga yetkazish yo‘lida yaqin hamkorlik o‘rnatishga kelishib oldilar.

Endi gazetaning o‘zbek va rus tilidagi nashrlarida markaz jurnalistlari tomonidan tayyorlanayotgan sharhlar, tahliliy materiallar va axborotlar berib boriladigan bo‘ldi.

Ushbu hamkorlik gazeta sahifalarini yangi shakl va mazmundagi ma’lumotlar bilan boyitib, o‘quvchilarga Multimedia markazida tayyorlangan batafsil sharhlar bilan doimiy tanishish imkonini beradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019