Bosh prokuraturada bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi

18:22 03 Iyul 2019 Jamiyat
540 0

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati maʼlum qildi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrugʻiga asosan Boytemirov NodirbekNuʼmanovich Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

N.Boytemirov 1973-yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 1995-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1995-yilda Fargʻona shahar prokuraturasining ish oʻrganuvchisi sifatida boshlab, prokuratura organlarida turli lavozimlarda, jumladan Bosh prokuratura ichki xavfsizlikni taʼminlash inspeksiyasi boshligʻi, Xorazm viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

Tayinlangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni boʻlim mudiri lavozimida ishlagan.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrugʻiga asosan Nazarov Sodiqjon Raximovich Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Kadrlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

S.Nazarov 1961-yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 1985-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1992-yilda Sirdaryo tumani prokurorining yordamchisi lavozimida ish oʻrganuvchi sifatida boshlab, Sh.Rashidov, Xovos, Sardoba, Sayxunobod tumanlari prokurori, Bosh prokuratura va Sirdaryo viloyat prokuraturasining turli lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Tayinlangunga qadar Sirdaryo viloyati prokuraturasi fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini taʼminlash boʻlimi prokurori lavozimida ishlagan.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrugʻiga asosan Raximov ShavkatjonJoʻrayevich Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Qishloq xoʻjaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Sh.Raximov 1968-yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 1994-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1996-yilda Norin tumani prokuraturasi tergovchisi lavozimida ish oʻrganuvchi sifatida boshlab, prokuratura organlarida turli lavozimlarda, jumladan Toʻraqoʻrgʻon tumani prokurori, Namangan viloyati prokuraturasida boʻlim boshligʻi, Bosh prokuraturada boshqarma katta prokurori sifatida faoliyat olib borgan.

Tayinlangunga qadar Bosh prokuratura Qishloq xoʻjaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrugʻiga asosan Berdialiyev SodikjonAlijonovich Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

S.Berdialiyev 1976-yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 2000-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2012-yili Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2000-yilda Andijon shahar prokuraturasi ish oʻrganuvchisi sifatida boshlab, prokuratura organlarida turli lavozimlarda, jumladan Andijon shahar prokurori, Toshkent viloyati prokurorining oʻrinbosari, Toshkent shahar prokurorining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

Tayinlangunga qadar Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Shu oʻrinda, ommaviy axborot vositalaridan prokuratura organlari tizimidagi kadrlar almashinuvi yuzasidan faqat Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan rasmiy maʼlumotlarga tayanish va havola keltirishni soʻrab qolamiz.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?