Bosh prokuratura Yangiyoʻlda yirik talon-tarojlikni fosh qildi

10:37 12 Sentyabr 2018 Jamiyat
600 0
Foto: new.prokuratura.uz

Departamentning Yangiyoʻl shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida, Yangiyoʻl tumani Tibbiyot birlashmasi sobiq mexanigi M. birlashma hisobida boʻlgan jami qiymati 74,4 mln. soʻmlik 8 dona “Damas” rusumli avtomashinalarni hisobdan chiqarilganidan soʻng, tegishli tartibda birja savdolari orqali sotmasdan, hujjatlarni soxtalashtirish yoʻli bilan noqonuniy sotib yuborganligi aniqlangan.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda. Shuningdek, birlashma mansabdor shaxslari tomonidan davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilgan smetada nazarda tutilmagan 420,5 mln. soʻm pul mablagʻlari ortiqcha sarflanib, byudjet va smeta-shtat intizomini buzganliklari holati aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Yangiyoʻl tuman Tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?