Bosh prokuratura va BMT transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qiladi

10:30 19 Iyun 2018 Siyosat
1292 0

2018 yil 14 iyun O.Murodov rahbarligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Vena shahridagi (Avstriya Respublikasi) BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha Boshqarmasiga (BMT NJB) tashrif buyurdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

BMT Bosh kotibining muovini, BMT NJB Ijrochi direktori Yuriy Fedotov delegatsiya bilan uchrashuv davomida O‘zbekistonda kechayotgan yangilanishlarning yuqori dinamikasini e’tirof etdi.

Ikki tomonlama hamkorlikni muhokama etish jarayonida Yu.Fedotov tomonidan 2017 yil noyabr oyida Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv va imzolangan Hamkorlik yo‘l xaritasining ahamiyati ta’kidlandi.

Xorijiy hamkorlarga O‘zbekistonda inson huquqlari, jamoat tartibi va xavfsizlikka raxna soluvchi global tahdidlarga qarshi kurash sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Xususan, davlatning jinoyat-huquqiy siyosati jinoyat oqibatlari bilan kurashish yo‘nalishidan qonunbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va oldini olishga tomon o‘zgarayotganligi hamda bu jarayonda prokuratura organlarining alohida o‘rni ta’kidlandi.

Uchrashuv mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va BMT NJB o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolanib, unda transmilliy uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya va boshqa jinoyatlar yuzasidan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari va shakllari belgilandi.

Imzolangan hujjatning amaliy tatbiq etilishi masalalari muhokama qilinib, Memorandum hamkorlikni yangi sifat darajasiga ko‘tarish maqsadini ko‘zlashi ta’kidlandi. Xususan, o‘zaro amaliy hamkorlik yuzasidan aniq tadbirlar rejasi tuzish masalasida kelishuvga erishildi.

Bu borada Departament direktori D.Brandolino, shuningdek adliya, terrorizmga qarshi kurashish, kiberjinoyatchilik, noqonuniy pul aylanmasi va boshqa seksiya rahbarlari bilan ishchi uchrashuvlar tashkil etildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019