Bosh prokuratura “Mendirman Jaloliddin” filmi yuzasidan jinoyat ishi ochganmi? — vaziyatga oydinlik kiritildi

20:53 10 Oktyabr 2020 Madaniyat
576 0

Joriy yilning 9-oktyabr kuni “Ozodlik” radiosi va boshqa bir qator ijtimoiy tarmoqlarda “Bosh prokuratura Saida Mirziyoyeva taqdim etgan “Mendirman Jaloliddin” filmi yuzasidan jinoyat ishi ochgan” degan sarlavhali maqola eʼlon qilingan. 

"Oʻzbekkino" milliy agentligi shu boʻyicha rasmiy bayonot berdi.

"Maqolada keltirilgan jinoyat ishiga Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari S.Mirziyoyevaning mutlaqo aloqasi yoʻq boʻlib, tarqatilgan maʼlumotlar asossiz ekanligini maʼlum qilamiz.

Agentlikning avvalgi bayonotida soʻnggi vaqtlarda shunga oʻxshash notoʻgʻri talqin qilingan maʼlumotlarni xorijiy va mahalliy OAV va ijtimoiy tarmoqlarda ayrim shaxslar tomonidan shaxsiy manfaatlarni koʻzlab tarqatilayotgani aytilgan edi. Shu bilan birga, Agentlik maʼlum qiladiki, ushbu jinoyat ishi aynan “Mendirman Jaloliddin” filmiga nisbatan ochilgan emas. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Agentlik OAV vakillari, blogerlar va ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchilaridan ushbu tekshirilmagan axborotni nooʻrin talqin qilmaslikni soʻraydi. Chunki bu tergov jarayonlariga bosim oʻtkazish yoki taʼsir koʻrsatishga urinish, deya baholanishi mumkin" deyiladi bayonotda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?