Bosh prokuratura Xalqaro antikorrupsiya akademiyasi bilan hamkorlikni muhokama qildi

12:24 20 Iyun 2018 Jamiyat
491 0

Avstriya Respublikasiga tashrif doirasida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi delegatsiyasining Laksenburg shahridagi Xalqaro antikorrupsiya akademiyasida mazkur akademiya rektori Martin Kroytner bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xalqaro antikorrupsiya akademiyasi rahbariga respublikada korrupsiyaga qarshi kurashish, uning darajasini minimallashtirish, davlat va jamiyat hayotidagi korrupsiogen omillarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Xususan, 2017 yilda Prezident tashabbusi bilan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni va 2017—2018 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturiga alohida e’tibor qaratildi.

Xalqaro-huquqiy nuqtai nazardan BMT korrupsiyaga qarshi kurashish Konvensiyasi va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Istanbul harakatlar rejasi tavsiyalarini implementatsiya qilish, jinoyat ishlarini tergov qilish va aktivlarni qaytarish bo‘yicha olib borilgan ishlar borasida aytib o‘tildi.

M.Kroytner O‘zbekistonda ushbu sohada olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida Akademiyaning zaruriy ekspertlik salohiyatini safarbar qilishga tayyor ekanligini aytib o‘tdi.

Bosh prokuror Akademiya rahbarini olib borilayotgan islohotlar bilan tanishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga taklif etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Bilimsizlik — insoniyat uchun eng qorongʻu tundir”

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti olimlari bilan keng muhokama qilinib, “Xalq soʻzi” gazetasi hamkorligida tayyorlangan “Bilimsizlik — insoniyat uchun eng qorongʻu tundir” deb nomlangan risola “Zamin Nashr” nashriyoti tomonidan 1000 nusxada chop etildi.

19 Yanvar 2019