Bosh prokuratura dollarda uy oldi-sotdisi boʻyicha hech kim qoʻlga olinmaganini maʼlum qildi

17:43 15 May 2019 Jamiyat
290 0

Bosh prokuratura 2 xonali uyni 25 ming AQSH dollari evaziga sotayotgan vaqtda fuqarolar R.T. hamda N.L.larning ushlangani toʻgʻrisidagi xabarlarni rad etdi.

Qayd qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda goʻyoki 2 xonali uyni 25 ming AQSH dollari evaziga sotayotgan vaqtda fuqarolar R.T. hamda N.L.larning ushlangani toʻgʻrisida OAVlarda berilgan. Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan bunday tadbir oʻtkazilmagan va oʻz-oʻzidan fuqarolar R.T. hamda N.L.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177 va 189-moddalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilmagan.

“Shunga koʻra, jamoatchilik orasida turli notoʻgʻri talqin va taxminlar tarqalishining oldini olish maqsadida, ommaviy axborot vositalaridan prokuratura organlari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor yoki tergov tadbirlarini yoritishda faqat Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan rasmiy maʼlumotlarga tayanish va havola keltirishni qatʼiy soʻrab qolamiz“, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?