Bosh prokuratura bayonot berdi: “Kun.uz” nashri xodimlari hamda Olmazor tumani hokimi oʻrinbosari oʻrtasida kelib chiqqan holat tekshirilmoqda

20:59 17 Avgust 2019 Jamiyat
216 0

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Olmazor tumani hokimi oʻrinbosari Abdurasul Vahobovning Kun.uz xodimlariga tajovuzi boʻyicha holat yuzasidan bayonot berdi.

“Kuni kecha «Kun.uz” nashri xodimlari hamda Olmazor tumani hokimi oʻrinbosari A.Vahobov oʻrtasida kelib chiqqan holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tekshirish oʻtkazilmoqda.

Mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan. Natijasi haqida keng jamoatchilikka qoʻshimcha maʼlumot beriladi», - deyiladi bayonotda.

Bundan oldin, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ushbu holat boʻyicha rasmiy munosabat bildirgandi.

Avvalroq, Kun.uz tahririyati Olmazor tumani hokimi oʻrinbosari Abdurasul Vahobov bilan bogʻliq voqea yuzasidan bayonot bilan chiqdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?