Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga oʻqishga kirish tartibi belgilandi

10:43 01 Sentyabr 2019 Jamiyat
356 0

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi buyruq Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (3179-son, 30.08.2019-y.).

Mazkur Nizomga koʻra, magistraturaga quyidagi shaxslar tanlov asosida qabul qilinadi:

- “Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tayanch oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan fuqarolar;

-“Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tayanch oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan prokuratura organlarining xodimlari;

- boshqa taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga va bevosita prokuratura organlarida kamida 5 yillik mehnat stajiga ega boʻlgan prokuratura organlari xodimlari.

Magistraturada oʻqish muddati bir yil.

Magistraturaga kirish imtihonlari yozma imtihon va suhbat shaklida har yili avgust oyida oʻtkaziladi.

Bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom va “Huquq magistri” darajasi beriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?