Bosh konsulxona oʻzbekistonlik ayol zoʻrlangani boʻyicha jinoiy ish ochilgani toʻgʻrisidagi xabarni tasdiqladi

19:27 13 Avgust 2019 Jamiyat
148 0

Illyustrativ foto

Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi ayol hamyurtimiz N.X.ning zoʻrlangani boʻyicha jinoiy ish ochilgani toʻgʻrisida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi. Ushbu holat boʻyicha boshqa Oʻzbekiston fuqarosi N.X. qoʻlga olingan. Bu haqda TIV xabar berdi.

Bosh konsulxona vaziyatni oʻz nazoratiga olgan.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatib oʻtadiki, Rossiyaning Shimoli-gʻarbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?