Boris Jonson Angliya futbolini isloh qilish rejasini tanqid qildi

12:17 13 Oktyabr 2020 Dunyo
117 0

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson “Liverpul” va “Manchester Yunayted”ning Angliya Premyer-ligasini (Premyer-liga) isloh qilish gʻoyasiga qarshi chiqdi.

Oldinroq mazkur klublar rahbariyati “Katta kartina” nomli loyiha ustida ish olib borayotgani, unga koʻra jamoalar soni 20 tadan 18 tagacha qisqartirilishi, Angliya Liga Kubogi va mamlakat Superkubogi bekor qilinishi haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, ingliz jamoalarining daromadlarini taqsimlash tarkibi oʻzgaradi.

Jonsonning fikriga koʻra, bunday parda ortidagi “oʻyin”lar klub rahbariyatiga boʻlgan ishonchga putur yetkazadi.

“Futbol ligasi (EFL) klublarini qoʻllab-quvvatlashga kelsak, rahbariyat bizni koronavirus tufayli biron bir klubning bankrot boʻlishiga yoʻl qoʻymasliklariga ishontirdi. Biz ularda buni oldini olish uchun imkoniyat borligini bilamiz”, degan Jonson.

Shuningdek, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Premyer-liga va Angliya futbol ligasini konstruktiv muloqotni davom ettirishga chaqirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?