Bolalarni bogʻchaga qabul qilish boʻyicha ikki turdagi xizmat vaqtincha toʻxtatildi. Nega?

12:34 25 Iyun 2019 Jamiyat
334 0

2019-yil 1-iyulga qadar “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha elektron ariza yuborish” va “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilish navbatini tekshirish” davlat xizmatlarini koʻrsatish vaqtincha toʻxtatiladi, deb xabar berdi Davlat xizmatlari agentligi.

Soʻngi kunlarda Davlat xizmatlari agentligiga maktabgacha taʼlim muassasalari tizimidagi navbatlar pozitsiyalari oʻzgarishi bilan bogʻliq bir nechta murojaatlar kelib tushdi.

Maktabgacha taʼlim vazirligining rasmiy murojaatiga binoan, maktabgacha taʼlim boshqarish tizimini takomillashtirish uchun imtiyozi bor bolalarni elektron navbatga qoʻyishda maxsus hisobga qoʻyish va monitoring qilish tizimi joriy etilmoqda.

Ushbu ishlar tizimli muammolarini bartaraf etish va ularning oldini olish, shuningdek, mazkur xizmatni koʻrsatishda inson omilini butunlay yoʻq qilish va toʻliq avtomatlashtirish uchun amalga oshirilmoqda.

Shu bois, 2019-yil 1-iyulga qadar elektron navbat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan qayta tiklanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?